Isteʼmolchidan minnatdorchilik xati kelib tushdi
— Minnatdorchilik xatini yozishimga turtki bo`lgan narsa shu bo`ldiki, jamiyatimizda halollik, vijdoniylik va o`zaro ishonchga putur yetkazayotgan nopok odamlar qilayotgan ishlarga qarshi o`laroq, kamtarona mehnati va xalq dardiga darmon bo`layotgan insonlar mehnati bo`ldi, — deydi Federatsiya rahbari J.Sarimsoqovga yozgan o`z minnatdorchilik xatida Quvalik M.Ismoilov.
— Sababi meni “Umid avto lizing” MChJ degan tashkilot aldadi. Boshlang`ich 33758266 (o`ttiz uch million yetti yuz ellik sakkiz ming ikki yuz oltmish olti) so`m to`lovni amalga oshirish sharti bilan kreditga NEKSIYa-3 avtomobili olib berishlariga kelishganmiz. Oldindan to`lovni o`z vaqtida amalga oshirdim. Shartnoma shartlariga asosan 150 (bir yuz ellik) kunda avtomobilni olib berishlari kerak edi, lekin ularni nayrangi yil oxirigacha cho`zilib ketdi. Ko`p joylarga murojaat qilib najot topa olmagandan so`ng Farg`ona shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qildim. Jamiyat raisi boshchiligida, malakali mutaxassislari R.Maradjapov va Sh.Oxunovlar taqdim etilgan hujjatlarni batafsil o`rganib chiqib, sudga daʼvo ariza kiritishdi. Natijada sudning kelishuviga asosan 16.01.2020 yil kuni “Umid avto lizing” MChJ shaxsiy plastik kartamga 33758266 so`mni qaytarib berishdi.
Hurmatli Jahongir Toshpulatovich, Siz boshchiligingizdagi Federatsiya tizimidagi barcha xodimlarga, Farg`ona viloyati hududiy birlashmasi va ayniqsa, Farg`ona shahar jamiyati mutaxassislariga chuqur minnatdorchilik bildiraman. El-yurt ravnaqi yo`lida olib borayotgan ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.
Hurmat bilan M.Ismoilov
Отправить комментарий