Farg`onada «Yangi O`zbekistonning bunyodkorlarimiz» shiori ostida yoshlar forumi o`tkazilmoqda
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoevning 2019 yil 27 dekabr kuni Muhammad Аl Xorazmiy nomli ixtisoslashtirilgan maktabda mamlakat yoshlari bilan bo`lib o`tgan uchrashuvda berilgan topshiriqlari ijrosini taʼminlash, shuningdek O`zbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tizimida faoliyat yuritayotgan yoshlarni bir maqsad yo`lida jipslashtirish, ularning tashabbuslarini qo`llab-quvvatlash, o`zaro tajriba almashinish maydonini yaratish, muammolarni o`rganish va hal hamda rag`batlantirish maqsadida Federatsiya markaziy apparatining 7-i/ch-sonli buyrug`i ishlab chiqilib, ijroga qaratildi.
Unga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasining 2020 yil 1 fevraldagi 05/1-348-sonli topshirig`i ijrosini taʼminlash, O`zbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining “2020 yilda O`zbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tizimida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi” ijrosini taʼminlash, Federatsiya tizimida faoliyat yuritayotgan yoshlarni bir maqsad yo`lida jipslashtirish, ularning tashabbuslarini qo`llab-quvvatlash, o`zaro tajriba almashinish maydonini yaratish, muammolarni o`rganish va hal hamda rag`batlantirish uchun 2020 yilning 22-23 fevral kunlarida Farg`ona shahrida “Yangi O`zbekistonning bunyodkorlarimiz” shiori ostida yoshlar Forumi o`tkazilishi belgilandi.
Forum dasturiga ko`ra, uning birinchi kunida Federatsiya markaziy apparati, Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan tashrif buyurgan yoshlar ishtirokida alohida kun tartibi asosida ikkita yalpi majlis va “Rahbar va yoshlar” loyihasi doirasida tizim yoshlarining Federatsiya raisi Jahongir Toshpulatovich Sarimsoqov bilan uchrashuvi o`tkazildi.
Forumning ochilish marosimida Federatsiya raisi Jahongir Toshpulatovich Sarimsoqov, Federatsiya raisi o`rinbosari-ijrochi direktor Inomjon Umurbekovich Tagaev va Farg`ona viloyat hududiy birlashmasi raisi Аxrorjon Аsqaralievich Raxmonalievlar ishtirokchilarni qutladilar.
“Rahbar va yoshlar” loyihasi asosidagi uchrashuvda, birlamchi, Federatsiya markaziy ijro etuvchi apparati tomonidan tizimda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish borasida olib borilayotgan ishlar xususida atroflicha maʼlumotlar berib o`tildi. Tadbirning ikkinchi qismida yoshlarning Federatsiya raisi bilan ochiq muloqoti o`tkazildi. Unda mamlakatimizda isteʼmolchilik ijtimoiy harakatini yanada rivojlantirish, amaldagi qonunchilik asoslarini mamlakatimiz aholisi, birinchi navbatda yoshlar o`rtasida keng targ`ib qilish yo`nalishida amalga oshiriladigan ishlar, bu borada yoshlarning tutgan o`rni va roli xususida fikr va mulohazalar tinglandi. Tizimda munosib va samarali mehnat faoliyati olib borayotgan bir qator yoshlar Federatsiya raisining Tashakkurnoma va qimmatli sovg`alari bilan taqdirlandilar.
Tushlikdan so`ng, Forumning sport tadbirlari qismiga o`tildi. Unda Forum ishtirokchilari Farg`ona “Istiqlol” tennis kortiga tashrif buyurdilar. Bu yerda tennis sporti ustalari tomonidan mazkur sport turi tarixi, o`yin asoslari yuzasidan tushuntirishlar berib o`tilib, master klass o`tkazildi. Shundan so`ng yoshlar ishtirokida tennis kortida ramziy musobaqa ham o`tkazildi.
Forum tadbirlarining uchinchi qismida Federatsiya tashabbusi bilan butun respublikamiz bo`ylab “Isteʼmolchi kutubxonasi” va “Isteʼmolchilar uyi” loyihalari ostida bunyod etilgan majmualardan biri — Farg`ona tumani Vodil qishlog`ida bunyod etilgan “Isteʼmolchilar uyi”ga tashrif uyushtirildi. Mehmonlarga “Isteʼmolchi kutubxonasi”, tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati, shuningdek tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirshi uchun mo`ljallangan majmua tanishtirildi.
Shundan so`ng ishtirokchilar Farg`ona shahriga qaytib, ularning shahrimizning diqqatga sazovor joylariga tashrifi uyushtirildi.
Forum tadbirlari davom etmoqda.
Hududiy birlashma Аxborot xizmati
Отправить комментарий