«Mehr ulashamiz» aktsiyasi tashkillandi
Bugun O`zbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg`ona viloyat hududiy birlashmasi tomonidan #vahimasizkarantin #karantinbezpaniki shiorlari ostida #mehr_ulashamiz aktsiyasi tashkillandi. Аktsiyadan ko`zlangan asosiy maqsad Hukumatimiz tomonidan yurtimizda koronavirus tarqalishini oldini olish, aholini ijtimoiy himoya qilish, hududlarda sanitar-epidemiologik osoyishtalikni taʼminlash borasida olib borilayotgan tezkor chora-tadbirlarga oz bo`lsada hissa qo`shishdan iborat.
Farg`ona shahar markazida tashkillangan mazkur aktsiya doirasida mehnat faoliyati zarurati tufayli ko`chalarda ish bilan band bo`lgan Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlariga, qariyalarga, shuningdek ko`chada tibbiy niqobsiz yurgan aholi vakillariga tibbiy niqoblar bepul tarqatildi. Hozirda ushbu aktsiya Federatsiyaning boshqa hududiy organlari tomonidan tizimli asosda davom ettirilmoqda.
Barchangizni, birinchi navbatda hushyorlikni yo`qotmagan hamda o`zingizning salomatligingizni asragan holda #vahimasizkarantin #karantinbezpaniki tadbirlarida, shuningdek #mehr_ulashamiz aktsiyasida faol qatnashishga chaqiramiz.
Hududiy bairlashma Axborot xizmati
Отправить комментарий