Аktsiya toshloqliklar tomonidan davom ettirildi

Аktsiya toshloqliklar tomonidan davom ettirildi

Farg`ona viloyat hududiy birlashmasi tomonidan #vahimasizkaratin #karantinbezpaniki shiorlari ostida Farg`ona shahar markazida aholi vakillariga tibbiy niqoblar bepul tarqatish bo`yicha #mehr_ulashamiz aktsiyasi o`tkazilganligi to`g`risida xabar bergan edik.
Bugun ushbu tadbirlar Toshloq tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan davom ettirildi. Tadbir doirasida Federatsiyaning Xalq taʼlimi, Tibbiyot birlashmasi, maktabgacha taʼlim, obodonlashtirish, mehnat, suv xo`jaligi, sanitar-epidemiologik osoyishtalik, ijtimoiy himoya bo`limlaridagi tayanch guruhlari vakillariga tibbiy niqoblar va gigienik vositalar bepul tarqatildi.
Mazkur bir kunlik aktsiya shu kuni tuman markazida aholi vakillariga tibbiy niqoblarni bepul tarqatish bilan nihoyasiga yetdi.

Xusnida Yakubova
Toshloq tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий