Mehr-muruvvat tadbirlari Uchko`prikda davom etdi
Bugun yurtimizda koronavirus infektsiyasi tarqalishiga qarshi qattiq kurash olib borilmoqda. Odamlarga mehr-oqibat ko`rsatish, bir og`iz shirin so`z bilan dalda bo`lish, ularni hushyorlikka chaqirish bugun har qachongidan ham muhim.
Аna shunday damda Uchko`prik tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati Federatsiyaning tumandagi maktablar va maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tashkillangan tayanch guruhi aʼzolariga gigiyena vositalari (infektsiyadan himoyalovchi va dezinfektsiya qiluvchi vositalar)ni bepul tarqatishdi.
— Bugungi sinovli kunlarda barchamiz shifokorlar tavsiyalariga va karantin qoidalariga qatʼiy amal qilib, pandemiyaga qarshi birga kurashishimiz lozim, — deydi Uchko`prik tumani IHHQJ ijro apparati raisi Lazizbek Shodmonov. – Chunki muhtaram yurtboshimiz taʼkidlaganlaridek, bu tahdidni faqatgina birgalashib yenga olamiz. Barchani birdamlikka chorlaymiz.
Nargizaxon Sheralieva
Uchko`prik tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Отправить комментарий