Iste’molchi zimmasiga noreal qarzdorlik yuklangan

Iste’molchi zimmasiga noreal qarzdorlik yuklangan

Marg`ilon shahri Yoyilma mahallasida yashovchi T.А. Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga murojaat qilib, elektr taʼminoti korxonasi tomonidan hisoblangan qarzdorlikdan noroziligini maʼlum qilgan va masalaga aniqlik kiritilishida amaliy yordam ko`rsatilishini so`ragandi.
Isteʼmolchi tomonidan qo`yilgan masala Marg`ilon shahar IHHQ jamiyati tomonidan elektr taʼminoti korxonasi masʼullari ishtirokida o`rganib chiqilganda quyidagilar maʼlum bo`ldi:
Xonadonga 2017 yilning 30 noyabrь kunida DDS 28 rusumli bir fazali elektr hisoblagich o`rnatilgan. Muhrlari joyida va soz holatda. O`rganish kunida hisoblagich ko`rsatgichi 2273 kVt/soat.
Yuqoridagi ko`rsatgich va isteʼmolchining abonent kartasi asosida olib borilgan qayta hisob-kitob ishlari uning haqiqatda qarzdorligi 299 110 so`m 37 tiyindan iboratligini ko`rsatdi. Natijada isteʼmolchi zimmasidan 400 ming so`mdan ortiqroq noreal qarzdorlikni soqit qilnnishiga erishildi.
O`rganish yakunlariga ko`ra, isteʼmolchiga bu haqda yozma ravishda maʼlum qilindi.

Аʼzamxon Maxammadiev
Margʼilon shahar IHHQ jamiyati xodimi

Отправить комментарий