Qarzdorlik bartaraf etilib, isteʼmolchi oldindan to`lovdalik holatiga o`tib oldi

Qarzdorlik bartaraf etilib, isteʼmolchi oldindan to`lovdalik holatiga o`tib oldi

Rishton tumani isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida Qo`rg`oncha mahalla fuqarolar yig`ini hududida yashovchi fuqaro M.Xatamovning tuman elektr taʼminoti korxonasi nazoratchilari tomonidan uning xonadonida sarflangan elektr energiyasi to`lovlaridan 1065000 (bir million oltmish besh ming) so`m qarzdorlik mavjudligi va uni bartaraf qilishi lozimligi bo`yicha og`zaki ogohlantirganliklarini maʼlum qilib, mazkur masalaga aniqlik kiritib berilishi yuzasidan qilgan murojaati o`rganildi.
Fuqaroning maʼlum qilishicha, u elektr energiyasi to`lovlari uchun ish haqidan oyma-oy o`tkazib keladi. Yuqoridagi qarzdorlikni qayerdan kelib chiqqanligiga oydinlik kiritish bo`yicha tuman elektr taʼminoti korxonasi masʼullariga uchrashib tayinli javob ololmagan. So`ngra tuman jamiyatiga murojaat qilgan.
Murojaatni tuman elektr taʼminoti korxonasi masʼullari ishtirokida o`rganilishi jarayonida korxona “PK elektrohisob” dasturida isteʼmolchining 2013-2020 yillar oralig`idagi elektr energiyasi uchun amalga oshirgan hamda shu maqsadda oylik ish haqidan o`tkazgan barcha to`lovlari qayta hisob-kitob qilindi. Tahlillar isteʼmolchining qarzdor bo`lib qolishi sababi 2016 yilda korxonaning sobiq nazoratchisi F.I. tomonidan xonadondagi elektr hisoblagichning nosozligi bo`yicha rasmiylashtirilgan dalolatnoma va shu dalolatnoma asosida amalga oshirilgan qayta hisob-kitob oqibatida kelib chiqqanligini ko`rsatdi. Isteʼmolchi tomonidan amalga oshirilgan to`lovlar mazkur qarzdorlikni va haqiqatda sarflangan energiya hajmini to`liq qoplamasdan kelganligi boisidan isteʼmolchi amalda qarzdor bo`lib qolavergan. O`rganish ishlari doirasida yuqoridagi dalolatnoma oqibatida yuzaga kelgan 775101 (etti yuz yetmish besh ming bir yuz bir) so`m qarzdorlik isteʼmolchi tomonidan bartaraf etildi. Eski qarzdorlikni bartaraf etilishi bilan, isteʼmolchi shaxsiy hisob raqami ko`rsatkichi, xonadon vakillari tomonidan so`ngi vaqtlarda amalga oshirilgan to`lovlar va hisoblagichning haqiqatdagi ko`rsatkichi o`rtasida katta farq bilan oldindan to`lovdalik holatiga o`tib oldi.

Xusniddin Latipov
Rishton tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий