Isteʼmolchilarni o`z vaqtida xabardor qilish ko`plab tushunmovchiliklarni oldini olgan bo`lardi
Qo`shtepa tumani isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan Eshonguzar mahallasida yashovchi R.Qurbonovning Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga mahallalaridagi elektr taʼminotidagi uzilish bo`yicha qilgan murojaati o`rganildi.
Murojaat bo`yicha tezkorlikda o`rganish ishlari o`tkazilganda, murojaat yuborilgan kuni mazkur hududga elektr energiyasini yetkazib beruvchi fiderning Satkak-Sarmozor mahallasi oralig`idagi temir yo`l kesishmasi ro`parasidagi isteʼmolchilarga elektr energiyasi yetkazib beruvchi liniyasida avariya holati aniqlanganligi sababli, shu kuni soat 19-15 larga qadar taʼmirlash ishlari olib borilganligi, taʼmirlash ishlari yakunlangach soat 19-30 da liniyadagi elektr taʼminoti tiklanganligi maʼlum bo`ldi.
Murojaatni o`rganish doirasida soha masʼullariga elektr energiyasini yetkazib berish jarayonidagi turli tushunmovchiliklarni va aholining eʼtirozlarini oldini olish maqsadida elektr energiyasini cheklash va uzib qo`yish, shuningdek turli avariyalar sababli tarmoqda vaqtincha elektr taʼminoti bo`lmaydigan hollarda isteʼmolchilarni xabardor qilish ishlarini tizimli asosda olib borilishi yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Unutmang!
O`zbekiston Respublikasining “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish to`g`risida”gi qonunga ko`ra, isteʼmolchi o`ziga xizmat ko`rsatayotgan korxona tomonidan ko`rsatilayotgan ish va xizmatlar haqida to`g`ri va to`liq maʼlumot olish huquqiga (4-modda), xizmat ko`rsatuvchi esa isteʼmolchini o`z vaqtida zarur, to`g`ri va tushunarli maʼlumot bilan taʼminlash majburiyatiga ega (6-modda).
O`g`ilxon Oxunova
Qo`shtepa tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Отправить комментарий