Targ`ibot tadbirlari davom etmoqda
Tizimimizda e’lon qilingan targ‘ibot oyligi doirasida Uchko‘prik tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari ham faol ishtirok etmoqdalar.
Ular tomonidan tumandagi tashkilot, korxona, muassasa va MFYlarda turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilib, ularda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilangan vazifalar, qabul qilingan xujjatlar ijrosini tashkil etishda jamoatchilik ishtiroki va nazoratini keng yo‘lga qo‘yish, erkin fuqarolik jamiyatini barpo etishda nodavlat-notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi vazifalar yuzasidan tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.
Mirzaxo‘ja va Qumariq MFYlarda hamda 6-umumta’lim maktabida tashkillangan «Iste’molchi huquqi qonun himoyasida», «Biz barchamiz iste’molchimiz» mavzularidagi davra suhbati va o‘quv seminarlari shular jumlasidandir.
Nargizaxon Sheraliyeva
Uchko`prik tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Отправить комментарий