Federatsiya faollari bo‘lgan ayollar bayram bilan qutlandi

Federatsiya faollari bo‘lgan ayollar bayram bilan qutlandi

Joriy yilda 8 mart «Xalqaro xotin-qizlar bayrami» kuni haftaning dushanba kuniga to‘g‘ri kelib, 5 kunlik ish haftasida mehnat faoliyati olib borayotgan ishchi xodimlar uchun qatorasiga 3 kun dam olish imkoniyatini yaratib bermoqda.

O‘zbekiston tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ul xodimlari yuqoridagi holatni inobatga olgan holda bugun Federatsiyaning tumandagi ta’lim, sog‘liqni saqlash, maktabgacha ta’lim, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida tashkillangan faol boshlang‘ich tashkilotlari vakillari bo‘lgan ayollarni bayram munosabati bilan qutladilar.

Federatsiya faollariga mamlakatimiz iste’molchilik ijtimoiy harakatidagi munosib ishtiroklari uchun «Faxriy yorliq» va esdalik sovg‘alar topshirildi.

Rasmlarda O‘zbekiston tuman jamiyati raisi Muzaffar Juraev tomonidan xotin-qizlarga sovg‘alarni topshirish jarayonlari aks etgan.

Isomiddin Abbosov
O‘zbekiston tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий