Qarzdorlik to‘langan ammo qayd etilmagan
Toshloq tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari Farog‘at mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro Z. Olimovning murojaatini o‘rganib chiqishdi.
Fuqaro o‘zining og‘zaki murojaatida “Farg‘ona suv ta’minot” MChJ tuman bo‘limi tomonidan unga nisbatan 120 000 so‘m asossiz qarzdorlik hisoblanyotganini ma’lum qilib, ushbu masalada amaliy yordam so‘ragan. Murojaatchining ta’kidlashicha, 2019 yilning 14-28 noyabr’ kunlari to‘langan 50 000 va 70 000 so‘m, jami 120 000 so‘m to‘lov “Farg‘ona suv ta’minot” MChJ tuman bo‘limi kom’pyuter dasturiga kiritilmagan.
Mazkur murojaatni o‘rganish davomida ta’minotchi korxona mas’ullari bilan masala atroflicha o‘rganib chiqildi. O‘rganish natijalariga ko‘ra, haqiqatan ham yuqoridagi mablag‘ iste’molchi tomonidan to‘langanligi, ammo kom’yuter bazasiga qayd qilinmaganligi aniqlandi. Shunga asosan iste’molchi hisobiga yozilgan qarzdorlik korxona tomonidan bekor qilindi.
Husnidaxon Yakubova
Toshloq tumani IHHQ jamiyati mutaxassisi
Отправить комментарий