Jamoatchilik nazorati keng yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi

Jamoatchilik nazorati keng yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi

Jamoatchilik nazorati keng yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi

Hududiy birlashma raisi Axrorjon Raxmonaliev Quva tumani hokimi Halimjon Umarov bilan uchrashdi.

Uchrashuvda iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning huquqiy bilim saviyasi va iste’mol madaniyatini oshirish, ichki bozorda sotilayotgan iste’mol tovarlari va ko‘rsatilayotgan xizmatlarning zarur sifati va xavfsizligini hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining boshqa talablarini ta’minlash maqsadida tumanda iste’molchilik ijtimoiy harakatini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv doirasida Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning 2020 yil dekabr oyida Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasida belgilab berilgan vazifalar, xususan qabul qilinayotgan qarorlar ijrosi ustidan jamoatchilik nazorati olib borish va unda jamoatchilikning keng ishtirokini ta’minlash maqsadida nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari va davlat boshqaruvi idoralari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasining «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida»gi qonuni talablari asosida ijtimoiy sheriklik aloqalari yo‘lga qo‘yilishi, aholi o‘rtasida «Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida»gi qonunning mazmun-mohiyati yuzasidan keng miqyosdagi tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borish zarurligi alohida ta’kidlab o‘tildi.

Hududiy birlashma Axborot xizmati

Отправить комментарий