Hududiy birlashma mas’ul xodimi o‘zi tahsil olgan maktabga kitoblar hadya qildi

Hududiy birlashma mas’ul xodimi o‘zi tahsil olgan maktabga kitoblar hadya qildi

Ma’lumki, mamlakatimiz bo‘ylab joriy yilning 5-9 aprel kunlarida «Kitobxonlik haftaligi» tadbirlari o‘tkazilmoqda va mazkur tadbirlar doirasida mas’ul xodimlar tomonidan o‘zlari ta’lim olgan maktablarga kitoblar hadya qilish aksiyasi ham bo‘lib o‘tmoqda.

Hududiy birlashma kasaba uyushma qo‘mitasi raisi G‘ofirjon Ergashev ham garchi pensiyaga chiqib, faoliyatini jamoatchilik tartibida davom ettirayotgan bo‘lsada yuqoridagi tadbirlardan chetda turgani yo‘q.

U bugun 1956-1966 yillarda o‘zi tahsil olgan Farg‘ona shahrining 1-umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, bu yerda o‘qituvchi va o‘quvchilar bilan suhbatda bo‘ldi hamda ularga badiiy va ilmiy-ommabop kitoblar jamlamasini hadya qildi.

E’tiborlisi, maktabda tashkil qilingan devoriy oynada ularning sinfi bitiruv arafasida tushgan vin’etka (quyidagi rasm) ham turganligini ko‘rgan G‘.Ergashev quvonchini yashirolmadi hamda ta’lim maskani mutasaddilariga buning uchun o‘z minnatdorligini izxor qildi.

Hududiy birlashma Axborot xizmati

Отправить комментарий