Qonunlar targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
Quva tumanidagi 40-umumiy o‘rta ta’lim maktabida «Yuksak iste’mol madaniyati sari» mavzusida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
Seminarda «Iste’molchilarning huquqlari himoya qilish to‘g‘risida»gi qonun hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga oid bo‘lgan boshqa qonun va qonunosti me’yoriy hujjatlari mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Shuning bilan birgalikda, joriy yilning birinchi choragi davomida Federatsiya va uning hududiy organlari tomonidan iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish borasida olib borilgan ishlar yuzasidan axborotlar ham berib o‘tilib, tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.
Feruza Umurzaqova
Quva tumani IHHQ jamiyati mutaxassisi
Отправить комментарий