Federatsiya tomonidan 3 oyda qancha mablag‘ iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilib berildi?

Federatsiya tomonidan 3 oyda qancha mablag‘ iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilib berildi?

Federasasiya va uning hududiy tuzilmalari hamda tuman, shahar jamiyatlariga 2021 yilning 1-choragi davomida fuqaro (iste’molchi)lardan jami 2889 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ushbu murojaatlarning 1704 tasi og‘zaki, 744 tasi yozma, 441 tasi esa elektron shaklda yuborilgan.

Ushbu Federatsiyaga kelib tushgan 411 ta elektron murojaatning 314 tasi “Prezidentga murojaat portali”, 102 tasi yagona Davlat interaktiv poratli orqali Bosh prokuratura tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun yo‘llangan. 25 ta murojaat Federatsiyaning virtual qabulxonasiga hamda “Telegram” ijtimoiy tarmog‘ida tashkil etilgan “@PotrebitelUz_bot” manzili orqali yo‘llangan.

Mazkur ariza va shikoyatlarning 2674 tasi ya’ni, 92,6 % ijobiy hal etilishi natijasida iste’molchilar foydasiga jami 6 038 398 926 (olti milliard o‘ttiz sakkiz million uch yuz to‘qson sakkiz ming to‘qqiz yuz yigirma olti) so‘m yetkazilgan zarar qayta hisob-kitob qilib berildi.

Federatsiya va uning hududiy ijro organlari tomonidan, iste’molchilardan tushgan 14 ta murojaat asosida iste’molchilarning manfaatlarini ko‘zlab sud organlariga da’vo arizalari kiritilishi va ijobiy hal etilishi natijasida 179 209 094 (bir yuz yetmish to‘qqiz million ikki yuz to‘qqiz ming to‘qson to‘rt) so‘m moddiy va ma’naviy zararlar iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi.

Bundan tashqari, Federatsiya va uning hududiy ijro organlari tomonidan, iste’molchilardan tushgan jami 16 ta murojaat yuzasidan ularning qonuniy manfaatlarini ko‘zlab, nazorat organlariga tegishli murojaatlar yo‘llanib, ijobiy hal etilishi natijasida iste’molchilar foydasiga 12 550 000 (o‘n ikki million besh yuz ellik ming) so‘m mablag‘ qayta hisob-kitob qilinishiga erishildi.
2021 yilning 1-choragi davomida iste’molchilar tomonidan qilingan murojaatlar sohalar kesimida tahlil qilinganda, murojaatlarning 1109 tasi (38,4%) savdo sohasiga, 357 tasi (12,4%) gaz ta’minoti sohasiga, 338 tasi (11,7%) elektr ta’minoti sohasiga, 145 tasi (5,0%) suv ta’minoti sohasiga, 109 tasi (3,8%) kommunal xizmat sohasiga, 31 tasi (1,1%) sog‘liqni saqlash sohasiga, 247 tasi (8,5%) xizmat ko‘rsatish (servis) sohasiga, 113 tasi (3,9%) transport sohasiga, 117 tasi (4,0%) aloqa (va internet) sohasiga, 323 tasi (11,2%) esa boshqa sohalarga to‘g‘ri kelishini ko‘rishimiz mumkin.

Federatsiya tizimida tashkil qilingan 1091 qisqa raqamli yagona ishonch telefoniga fuqarolar tomonidan hisobot davrida jami 935 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib ushbu murojaatlarning qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi natijasida 700 tasi ijobiy hal etilishiga erishildi.

Mazkur ijobiy hal qilingan murojaatlar natijasida 1 092 243 070 (bir milliard to‘qson ikki million ikki yuz qirq uch ming yetmish) so‘m mablag‘ iste’molchilar foydasiga undirilgan.

Bugungi kunda fuqarolarimizga yanada qulaylik yaratish maqsadida ularning tegishli murojaatlari Federatsiya tizimida tashkil qilingan
1091 qisqa raqamli yagona ishonch telefoni, Federatsiyaning virtual qabulxonasi, Bosh prokuraturaning elektron dasturi (crm.trask.uz) hamda Prezidentga murojaat portali shuningdek, “telegram” ijtimoiy tarmog‘ida tashkil etilgan “@PotrebitelUz_bot” manzili orqali qabul qilib kelinmoqda. Bunda fuqaro (iste’molchi)lar real vaqt rejimida murojaatlarini qoldirishlari mumkin.

Federatsiya Matbuot xizmati

Отправить комментарий