Ijtimoiy sherikchilik aloqalari mustahkamlanmoqda
Iste’molchilarning muammolarini o‘rganish va ularni tizimli hal etilishida samarali jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, fuqarolarning iste’molchilik madaniyatini oshirish yuzasidan hududlarda amalga oshirilayotgan loyihalar samaradorligini yanada oshirish maqsadida O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyat federatsiyasi raisi Jaxongir Sarimsoqov Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahar, O‘zbekiston va Beshariq tumanlarida bo‘lib, hokimlar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Uchrashuvlarda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2021 — 2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risi”da Farmoni shuningdek “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyati erkinligi, huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.
«Davlat + fuqarolik jamiyati institutlari + tadbirkorlik sub’ektlari» tamoyili asosida tuman va shaharlarda Federatsiyaning ijtimoiy loyihalarini amalga oshirish mexanizmini yanada takomillashtirish yuzasidan aniq takliflar ilgari surildi.
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusida ushbu yo‘nalishda qilinishi zarur bo‘lgan rejalar hususida, shuningdek, tuman va shahar markazlarida “Iste’molchilar uyi” va “Iste’molchi kutubxonasi” hamda “Mahalla maslahat markazi” kabi ijtimoiy ob’ektlar qurilishi yuzasidan fikr almashildi.
Tuman va shahar hokimlari Federatsiya tashabbuslarini qo‘llab-quvvatladi, fuqarolarning muammolarini tizimli o‘rganish va ularni aniq hal etilishida samarali jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, fuqarolarning iste’molchilik madaniyatini oshirish yuzasidan amalga oshiriladigan barcha loyihalarda hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.
Federatsiya raisi J.Sarimsoqov, Farg‘ona viloyatda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish harakatini har tomonlama rivojlantirish, aholining iste’mol madaniyati va huquqiy himoyalanish darajasi oshirilishida federatsiya bilan doimiy hamkorlik uchun Qo‘qon shahar, O‘zbekiston va Beshariq tuman hokimliklariga minnatdorlik bildirdi.
Federatsiya Matbuot xizmati
Отправить комментарий