Akkumulyator mojarosiga yechim topildi
Toshloq tuman prokuraturasiga kelib tushgan ariza tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga fuqaroning muammosini ijobiy xal qilish maqsadida yo‘naltirilgandi.
Jamiyatimizga kelib tushgan yozma arizaga muvofiq tumanimizning Sadda mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Azimjon G‘aniev tuman markazidagi yakka tartibdagi tadbirkor Abdurashid Matkarimovga tegishli telefon savdo do‘konidan olgan akkumulyatori nuqsonli chiqqan. Bu haqida do‘kon egasi A. Matkarimovga aytib akkumulyator qaytarilgan bo‘lsada, uni shu paytgacha yangisiga almashtirish yoki pulini qaytarib berish haqida o‘ylamagan ham.
Jamiyatimiz mutaxassislari tomonidan murojaat o‘rganilib, O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi va “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunlari asosida muammoga yechim topildi. Qonunlarda ko‘rsatilgan me’yor va talablar xaridor va sotuvchiga batafsil tushintirildi. Arizachining murojaati ijobiy hal qilinib, nuqsonli tovarning puli qaytarib berildi.
Husnidaxon Yakubova
Toshloq tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Отправить комментарий