Tayanch guruhlari rahbarlari ishtirokida seminar o‘tkazildi

Tayanch guruhlari rahbarlari ishtirokida seminar o‘tkazildi

Toshloq tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati asosiy faoliyat yo‘nalishlari ij rejasiga asosan tuman jamiyatining tayanch guruhlari rahbarlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning mazmun mohiyatini targ‘ib qilish maqsadida o‘quv seminari o‘tkazildi.

Unda tuman hokimligi, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi, tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi, “Ermulkkadastr”DUK tuman bo‘limi kabi o‘nga yaqin tayanch guruhlari rahbarlari va faollari ishtirok etishdi.

Toshloq tuman IHHQ jamiyati raisi E. Mirzaumarov tomonidan Qonunning mazmun mohiyati yig‘ilganlarga batafsil tushintirib o‘tilib, tayanch guruhlari oldida turgan vazifalarga ham alohida to‘xtalib o‘tildi.

Fikr-muloxazalarga boy bo‘lgan seminar davomida tayanch guruhlari rahbarlari bilan kelgusidagi ishlar rejasi ham belgilab olindi.

Husnidaxon Yakubova
Toshloq tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий