Iste’mol madaniyati targ‘ib qilinmoqda
Quvasoy shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan shahar bolalar va o‘smirlar sport maktabi xodimlarining huquqiy savodxonligi va iste’mol madaniyatini oshirishga doir “Iste’mol madaniyati degani nima?” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Sport maktabi xodimlari ishtirok etgan mazkur tadbirdar ishtirokchilarga iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik asoslari, yurtimizda iste’molchilik ijtimoiy harakati, bugungi kunda iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularnig huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirshi borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida atroflicha ma’lumotlar berib o‘tildi.
Davra suhbati doirasida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga Quvasoy shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan javoblar qaytarildi.
Axadjon Rasulov
Quvasoy shahar IHHQ jamiyati mutaxassisi
Отправить комментарий