Mahsulot sifatsizligi ma’lum bo‘lgach qaytadan maqbul sifatdagisi yetkazib berildi
Oltiariq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari Maorif mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi Q.Miraxmedovning ko‘chalariga yotqizilgan asfal’t qoplamasining sifatsiz chiqqanligi xususidagi murojaati o‘rganildi.
Ma’lum bo‘lishicha, mahalla ahli yig‘ilib ko‘chalarini asfal’t qildirish maqsadida Farg‘ona shahrida joylashgan 2 ta asfal’t ishlab chiqarish korxonasining biridan 50 tonna, ikkinchisidan esa 20 tonna asfal’t qoplamasini sotib olganlar. Lekin ikkinchi korxonadan keltirilgan asfal’tning sifatsizligi kuzatilib, qoplama yaxshi qotmasdan ko‘cha boshlagan. Shundan so‘ng iste’molchi bu haqda o‘z murojaatini yo‘llagan.
Oltiariq tuman jamiyati mutaxassislari murojaatni o‘rganish doirasida ikkinchi korxona rahbari bilan uchrashib, u bilan amaldagi iste’molchilarning uhquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablari yuzasidan suhbatlashib, iste’molchining murojaatida ko‘rsatilgan vajlar yuzasidan muzokaralar olib bordilar. Natijada masala iste’molchi foydasiga hal bo‘lishiga va qaytadan maqbul sifatda bo‘lgan mahsulot yetkazib berilishiga erishildi.
Iste’molchi murojaati ijobiy hal qilib berilishi natijasida mahalla ahlining 9 000 000 (to‘qqiz million) so‘mlik huquqlari himoya qilib qolindi.
Dilobar Dadaxonova
Oltiariq tuman IHHQ jamiyati mutaxasisi
Отправить комментарий