Yurtimiz bo‘ylab umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda

Yurtimiz bo‘ylab umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda

Hukumat farmoyishiga asosan sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yurtimiz bo‘ylab koronavirus pandemiyasi tarqalishini oldini olish hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2021 yilning avgust oyi “Mahallalarni obodonlashtirish” oyligi, 21 avgust – umumxalq obodonlashtirish kuni hashari kuni etib belgilangandi.

Bugun O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tizimidagi tashkilotlar xodimlari ham butun respublikamiz bo‘ylab eng ulug‘, eng aziz bayram mustaqilligimizning 30 yilligi oldidan o‘tkazilayotgan umumxalq obodonlashtirish xayriya hasharida faol ishtirok etmoqdalar.

Eng ulug‘, eng aziz bayram oldidan o‘tkazilayotgan mazkur umumxalq hashari xalqimizning jipsligi, birdamligini yana bir karra namoyish etib, har bir fuqaroda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlariga daxldorlik hissini, jamiyatimizda o‘zaro mehr-oqibat, ahillik, saxovat, o‘zaro beg‘araz yordam tuyg‘ularini yanada kuchaytiradi.

Barchangizni umumxalq hasharida faol ishtirok etishga chaqirib qolamiz.

Hududiy birlashma Axborot xizmati

Отправить комментарий