Vazifalar belgilab olindi
Ma’lumki, mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoev “Yangi O‘zbekiston” gazetasi bosh muharriri Salim Doniyorovning savollariga javob bergan va mazkur suhbat “Yangi O‘zbekiston” gazetasida chop etilgandi. Bugungi kunda gazetada chop etilgan ushbu maqola interv’yu yurtimizdagi mehnat jamoalarida mutolaa qilinib, keng muhokamalar markazida bo‘lib turibdi.
Hududiy birlashma ijro etuvchi apparatida ham davlat rahbari interv’yusida keltirilgan fikrlarning mazmun-mohiyati hamda interv’yudan kelib chiqadigan vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkillandi.
— Prezidentimizning bosma nashrga ilk marta bergan interv’yusi hududiy birlashma xodimlari tomonidan ham katta qiziqish bilan kutib olindi, — dedi hududiy birlashma raisi Axrorjon Raxmonaliev davra suhbatini ochar ekan. — O‘zbekistonning oxirgi besh yillikdagi rivojlanish yo‘li, ichki va tashqi siyosati, hozirgi kundagi ustuvor vazifalar haqida so‘z borgan mazkur suhbat, Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ta’biri bilan aytganda, keng qamrovliligi, faktlarga boyligi va dasturiy ahamiyatga egaligi bilan barcha vatandoshlarimizda, shuningdek, xorijiy ekspertlarda katta qiziqish uyg‘otayotganligi, bor gap.
Muhokamalarda so‘z olgan hududiy birlashma mas’ul xodimlari davlat rahbarining islohotlardan ko‘zlangan yakuniy maqsad — Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi sa’y-harakatlarini yakdillik bilan qo‘llab-quvatlash, yurtimizdagi fuqarolarning jamoat birlashmalariga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik hamda qo‘llab-quvvatlashdan, shuningdek inson huquq va erkinliklari, qonun ustivorligi, ochiqlik va oshkoralik, jamoatchilik nazorati va boshqa shu kabi fundamental demokratik tushunchalar va hayotiy ko‘nikmalarni jamiyatimizda real voqelikka aylanib borayotganligidan tegishli xulosalarni chiqargan holda, mazkur jarayonda o‘zlarining ham munosib hissalari bilan ishtirok etish borasida fikr va mulohazalarini bildirib o‘tdilar.
Tadbir yakunlariga ko‘ra, davlat rahbari interv’yusida ko‘tarilgan masalalar mazmun-mohiyati va undan kelib chiqadigan vazifalarni hududiy birlashma tizimidagi tuman va shahar jamiyatlari hamda tayanch guruhlari faollari vositasida aholining keng qatlamlariga yetkazish chora-tadbirlarini ko‘rishga kelishib olindi.
Hududiy birlashma axborot xizmati
Отправить комментарий