Quvasoyda targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda

Quvasoyda targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda

Quvasoy shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tashabbusi bilan 16 hamda 23-sonli umumta’lim maktablari xodimlari o‘rtasida «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni o‘rganamiz» mavzusi ostida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Tadbirlarda ishtirokchilarga iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik asoslari, yurtimizda iste’molchilik ijtimoiy harakati, bugungi kunda iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida atroflicha ma’lumotlar berib o‘tildi.

O‘tkazilgan tadbir doirasida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga Quvasoy shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan javoblar qaytarildi.

Axadjon Rasulov
Quvasoy shahar IHHQ jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий