Xodimlar uchun navbatdagi o‘quv seminari o‘tkazildi
Hududiy birlashma tizimidagi tuman va shahar jamiyatlari mutaxassislari uchun navbatdagi o‘quv seminari o‘tkazildi.
Seminar kun tartibidagi asosiy masalalar iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning huquqiy bilim saviyasi va iste’mol madaniyatini oshirish borasida belgilangan chora-tadbirlar, hamkorlikdagi rejalar va dasturlarni ijrosini ta’minlash, tuman va shahar jamiyatlarining umumiy yig‘ilishlari, shuningdek hududiy birlashmalar va Federatsiya konferensiyasini o‘tkazish tartib-qoidalari yuzasidan bo‘ldi.
O‘quv seminari doirasida mutaxassislarga hududda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, aholining keng qatlamlari o‘rtasida tushuntirish va targ‘ibot ishlarini olib borishda Federatsiyannig joylardagi tayanch guruhlari faollari bilan yaqindan hamkorlik olib borish yuzasidan ham ko‘rsatmalar berib o‘tildi.
Hududiy birlashma Axborot xizmati
Отправить комментарий