Yozyovon tuman jamiyati faoliyati sarhisob qilindi
Yozyovon tumanida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan 2016-2020 yillar va 2021 yilning o‘tgan davri davomida iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning huquqiy bilim saviyasi va iste’mol madaniyatini oshirish borasida olib borilgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan umumiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Federatsiyaning tuman jamiyati ijro etuvchi apparati mas’ullari va tumandagi korxona, tashkilot va muassasalardagi tayanch guruhlari rahbarlari va faollari ishtirok etdilar.
Umumiy yig‘ilish jamiyat raisi Ma’mura Umarovaning tuman jamiyati tomonidan 2016-2020 yillar va 2021 yilning o‘tgan davri davomida amalga oshirilgan bo‘yicha hisobotini tingladi va ma’qulladi.
Shuningdek, yig‘ilishda Farg‘ona viloyat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari hududiy birlashmasining navbatdagi konferensiyasiga vakillar nomzodlari ko‘rib chiqildi va tasdiqlandi.
Shavkatjon Saidov
Yozyovon tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Отправить комментарий