Quvasoy shahrida iste’molchilik ijtimoiy harakati faoliyat yakunlari sarhisob qilindi

Quvasoy shahrida iste’molchilik ijtimoiy harakati faoliyat yakunlari sarhisob qilindi

Quvasoy shahrida o‘tkazilgan iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati umumiy yig‘ilishida shahar jamiyati ijro etuvchi apparati xodimlari, tayanch guruhlari rahbarlari va hududiy birlashma vakillari ishtirok etdilar.

Umumiy yig‘ilish kun tartibidagi asosiy masala yuzasidan shahar jamiyati raisi Shuhratjon Qoraboevning shahar jamiyati tomonidan 2016-2020 yillar va 2021 yilning o‘tgan davridagi faoliyati yuzasidan hisoboti tinglandi va muhokamalardan so‘ng ma’qullandi.

Kun tartibidagi keyingi masala doirsida Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasining navbatdagi konferensiyasiga vakillar saylash masalasi ko‘rib chiqildi hamda munosib nomzodlar tanlanib, 5 nafar faol viloyat konferensiyasiga vakil etib saylandi.

Umumiy yig‘ilishda hududiy birlashma rais o‘rinbosari-ijrochi direktor D.Fozilov va sektor boshlig‘i O.Millaboevlar ishtirok etdilar hamda kun tartibidagi masalalar yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar.

Axadjon Rasulov
Quvasoy shahar IHHQ jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий