Chiqarilgan qarzdorlik isbotini topmadi
Quva tuman Rasta mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi N.Xojieva tuman gaz idorasi tomonidan uning xonadoniga nisbatan qarzdorlikdan norozi bo‘lib murojaat qilgan.
Murojaatchining so‘zlariga qaraganda, 560 000 (besh yuz oltmish ming) so‘m miqdoridagi qarzdorlik uning xonadonidagi gaz hisoblash uskunasini yangisiga almashtirib ketilgandan so‘ng yuzaga chiqqan.
Murojaatni jamiyat mutaxassislari tomonidan o‘rganish jarayonida iste’molchi foydalangan tabiiy gaz uchun to‘lovlarni muntazam to‘lab kelganligi, qarzdorlik esa tuman gaz idorasi xodimlari tomonidan iste’molchining gaz hisoblash uskunasi ko‘rsatkichlarini kiritishda oshirib yuborish natijasida kelib chiqqanligi ma’lum bo‘ldi.
O‘rganish yakunlariga ko‘ra tuman gaz idorasiga iste’molchiga nisbatan hisoblangan noreal qarzdorlikni bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘rish yuzasidan aloqa xati chiqarildi.
Feruza Umurzaqova
Quva tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Отправить комментарий