Tuman jamiyati aralashuvi bilan masala yechimini topdi

Tuman jamiyati aralashuvi bilan masala yechimini topdi

Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tuman iste’molchilar huquqlarini ximoya qilish jamiyati ijro etuvchi apparatiga Yuqori Qorayantoq mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi Ergashev Nematjondan yozma tarzdagi ariza kelib tushdi.

Murojaatda bayon qilinishicha, N. Ergashev 2021 yilning aprel oyida tuman Markaziy Dehqon bozori yonida joylashgan “Oila Market” kredit savdo markazidan 3 800 000 (uch million sakkiz yuz ming) so‘mlik “VIVO” rusumli uyali aloqa vositasini iste’mol krediti shartlarida sotib olgan. Biroq buyumdan 10-15 kun davomida foydalanishi jarayonida qo‘l telefonida nuqsonlar kuzatilib, undan foydalanib bo‘lmaydigan ahvolga kelib qolgan. Iste’molchi bu boradagi e’tirozlari bilan “Oila Market” savdo do‘koniga borganida, do‘kon mas’ullari uyali aloqa vositasini boshqa shunday markalisiga almashtirib beramiz, deb uyali aloqa vositasini olib qolishgan. Lekin oradan besh oy o‘tsa hamki, qo‘l telefoni almashtirib berilmagan. Vaholanki, amaldagi qonunchilikka ko‘ra, nuqsonli tovar ayni shunday markali (modelli, artikulli) tovarga yetti kunlik muddatda, tovar sifatini sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) tomonidan qo‘shimcha ravishda tekshirish zarur bo‘lganida esa, iste’molchi talab qo‘ygan paytdan e’tiboran yigirma kun ichida, ayni shunday markali (modelli, artikulli) tovar bo‘lmagan taqdirda, iste’molchining almashtirib berish xususidagi talabi da’vo qilingan paytdan e’tiboran bir oy ichida qondirilishi shart edi.

Masalaga Yangiqo‘rg‘on tuman jamiyati mutaxassislarining aralashuvi bilan kredit savdo do‘konidan nuqsonli tovar o‘rniga maqbul sifatdagi boshqa uyali aloqa vositasi olib berilishiga erishildi.

Gulchexra Xamidova
Yangiqo‘rg‘on tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий