Tibbiyot muassasalari xodimlari ishtirokida tadbirlar o‘tkazildi
Uchko‘prik tumanidagi 60-oilaviy poliklinikada O‘zbekiston Respublikasining ”Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuni targ‘ibotiga bag‘ishlangan «Iste’molchining huquq va burchlari nimalardan iborat» mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Federatsiyaning Uchko‘prik tuman jamiyati mas’ul xodimlari ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuni mazmun-mohiyati yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berish barobarida, yurtimizdagi iste’molchilik ijtimoiy harakati, Federatsiya va uning hududiy organlari tomonidan mazkur harakatni yanada rivojlantirish, iste’molchilarning huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar xususida ham axborotlar berib o‘tdilar.
Shu kuni tumandagi Kenagas oilaviy poliklinikasida ham «Yuksak iste’mol madaniyati sari» shiori ostida yuqoridagi kabi tadbir o‘tkazildi.
Tadbirlarda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar va huquqiy maslahatlar olishdi.
Nargizaxon Sheralieva
Uchko‘prik tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Отправить комментарий