Iste’molchining buzilgan xuquqlari qayta tiklandi

Iste’molchining buzilgan xuquqlari qayta tiklandi

To‘raqo‘rg‘on tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Buramatut mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi fuqaro Otaboev Ikromiddindan murojaat kelib tushdi.

Fuqaro o‘z murojaatida tuman hududida faoliyat yuritayotgan “Azamat kredit xarid” savdo do‘konidan 2021 yilning aprel oyida qiymati 2 mln 400 ming so‘m bo‘lgan “Redmi not-9” rusumli mobil uyali aloqa telefonini sotib olganligini, biroq uyali aloqa vositasidan foydalanish jarayonida, 8 kun ichida nuqsonli ekanligi ma’lum bo‘lganligini, u nuqsonli tovarni savdo do‘koniga qaytarib olib borib, boshqasiga almashtirilishi yoki ta’mirlatib soz holatga keltirib berilishi to‘g‘risidagi talabni qo‘ygan bo‘lsada, sotuvchi tomonidan uning qonuniy talabi qondirilmasdan kelayotganligini ma’lum qilgan.

Murojaatni o‘rganish jarayonida tuman jamiyati mutaxassislarining savdo do‘koni mas’ullariga amaldagi qonun talablari bo‘yicha bergan tushuntirishlari natijasida ular tomonidan fuqaroning qo‘lidagi uyali aloqa vositasini soz holatga keltirib berildi.

Muazzam Ikromova
To‘raqo‘rg‘on tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий