Sotuvchi xaridorga pulini qaytardi

Sotuvchi xaridorga pulini qaytardi

Yozyovon tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan Bahor mahalla fuqarolar yig‘ini hududida istiqomat qiluvchi fuqaro D.O‘rmonovaning tuman Buyum bozoridan sotib olgan tovarini sifatsiz chiqqanligi yuzasidan murojaati o‘rganildi.

Ma’lum bo‘lishicha, iste’molchi Yozyovon tuman Buyum bozori hududida savdo-sotiq faoliyatini olib borayotgan X.Qurbonovadan qish mavsumiga mo‘ljallangan kostyum sotib oladi. Tomonlar o‘rtasida tovar narxi 270000 (Ikki yuz yetmish ming) so‘mga kelishiladi. Lekin tovarda nuqsonlar mavjudligini aniqlagan xaridor sotuvchiga qaytarishga uringan. Biroq o‘z kuchi bilan buning uddasidan chiqa olmagan.

Murojaatni o‘rganish mobaynida xaridorning talablari to‘g‘ri ekanligi ma’lum bo‘lgach, sotuvchiga “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuni talablari, xususan qonunning 14 va 15-moddalariga ko‘ra, agar tovar mazkur moddalarda ko‘rsatib o‘tilgan tartibda va muddatlarda almashtirilmasa yoki tovardagi nuqsonlar bepul bartaraf etilmasa yoxud puli qaytarilmasa sotuvchi iste’molchiga neustoyka (penya) to‘lashiga sabab bo‘lib qolishi mumkinligi ham tushuntirildi. Qonun talablarini to‘g‘ri anglab yetgan sotuvchi mazkur holatda iste’molchiga nuqsonli tovar uchun to‘langan pulni qaytarib berish bilan masalani hal qildi.

Shavkatjon Saidov
Yozyovon tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий