“Konstitusiya, qonun va qonunosti hujjatlari: iste’molchi huquqining ustunligi” mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi
Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat Axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi tizimidagi tuman va shahar jamiyatlarida huquqiy himoya yo‘nalishida mehnat faoliyati olib borayotgan mutaxassislar uchun o‘quv tashkillandi.
O‘quv tadbiri Farg‘ona viloyat sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining 29 yilligiga bag‘ishlanib tashkillanib, iste’molchi huquqining ustivorligi, iste’molchi huquqlarini himoya qilish asoslari, sud jarayonlarida iste’molchi huquqlarini himoya qilish uchun hujjatlar tayyorlash, sud jarayonlarida qatnashish, sud qarorlarini ijrosi va boshqa shu kabi masalalarni o‘z ichiga oldi.
O‘quv tadbirini kirish so‘zi bilan ochgan hududiy birlashma raisi o‘rinbosari – ijrochi direktor Dilshodjon Fozilov mazkur tadbirni tashkillashdan ko‘zlangan maqsad xususida to‘xtalar ekan, hududiy birlashma ijro etuvchi apparati tomonidan xodimlarning huquqiy bilimi va kasbiy mahoratini oshirish borasida bu kabi tadbirlar tizimli asosda o‘tkazib kelinayotganligi, tadbirlarga o‘z sohasida muayyan yutuqlarga erishgan mutaxassislar taklif qilinib, ular tomonidan tizim xodimlariga amaliy va uslubiy ko‘rsatmalar berilayotganligi, master klasslar o‘tkazilayotganligi to‘g‘risida gapirib o‘tdi. Shuningdek, tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining 29 yilligi arafasida tashkillanganligini aytib o‘tib, barchani bayram bilan qizg‘in muborakbod etdi.
Shundan so‘ng Farg‘ona viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sud’yasi Sherzodjon Tadjiev hamda sudlov hay’at mutaxassisi Jahongir Xudoyberdievlar tadbir ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuni va qonunosti me’yoriy hujjatlari bo‘yia iste’molchi huquqi, iste’molchi huquq va manfaatlarni himoya qilish, ishlarni sudlarda ko‘rish uchun hujjatlar jamlamasini tayyorlash, sudlarda ishtirok etish va boshqa shu kabi masalalarda atroflicha ma’lumotlar, amaliy va uslubiy yo‘l-yo‘riq va ko‘rsatmalar berib, tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga javoblar qaytardi.
Shuningdek, ishtirokchilar tadbir doirasida “Korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun qonunchilikda belgilangan javobgarlik choralari”, respublika hududi bo‘yicha o‘tkazilayotgan “Biz zo‘ravronlikka qarshimiz” mavzusiga bag‘ishlangan 16 kunlik faol harakatlar targ‘ibot kompaniyasi, “Kredit va qarz bilan bog‘liq nizolarni oldini olish” kabi masalalardagi ma’ruzalarni ham tinglashdi.
Hududiy birlashma Axborot xizmati
Отправить комментарий