Ko‘rsatilmagan xizmat hajmi chegirildi
Toshloq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Guzarboshi mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi Sh.Bo‘ratovadan og‘zaki murojaat kelib tushdi. Murojaatda Toshloq tumani “Sanitar EKO Servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati xizmati va ular tomonidan belgilangan qarzdorlikdan norozilik bildirilgan.
Tuman jamiyati xodimlarining sa’y-harakatlari bilan, kelib tushgan murojaatni o‘rganish jarayonida, “Sanitar EKO Servis” MChJ tomonidan iste’molchi istiqomat qilayotgan ko‘chaga maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish haqidagi ommaviy shartnomada ko‘rsatilgan hajmlarda xizmat ko‘rsatilmaganligini, aynan Sh.Bo‘ratovaning xonadoniga ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 180 000 so‘m emas, aslida 30 000 so‘mni tashkil qilishini aniqlab, da’vo qilinayotgan qarzdorlik bo‘yicha qayta hisob-kitob ishlarini o‘tkazilishiga erishdilar.
Murojaatni o‘rganish jarayonida tomonlarga O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida” gi Qonuni targ‘iboti o‘tkazilib, iste’molchi va xizmat ko‘rsatuvchilarning huquq va majburiyatlari to‘g‘risida tushunchalar berildi.
Husnida Yakubova
Toshloq tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
(illyustrativ foto)
Отправить комментарий