Ismi jismiga mos bo‘lmagan televizorlar
Yozyovon tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan Soybo‘yi mahalla fuqarlar yig‘inida istiqomat qiluvchi, umumta’lim maktabi o‘qituvchilari Z.Turdaxmatova hamda Sh. Usmonovalarning xarid qilingan televizordagi antiqa nosozlik yuzasidan qilingan murojaatlari o‘rganildi.
Ma’lum bo‘lishicha, ular 2021 yilnig 5 dekabr’ kuni ish faoliyatlarida foydalanish uchun televizor sotib olish maqsadida Uchko‘prik tumanida faoliyat olib borayotgan yakka tartibdagi tadirkor Turg‘unov Xabibullo Abdumo‘minovichga qarashli savdo do‘koniga tashrif buyurishib, 46 dyum ekranli LG rusumli Smart televizorni tanlashadi. Ular ikki dona televizorni har birini 1500000 (bir milion besh yuz ming) so‘mdan, jami 3000000 (uch million) so‘mga xarid qiladilar. Lekin maktabga olib kelinib ishga tushirilgan televizorlar o‘zini negadir LG emas, balki Samsung deb tanitadi. Shuning bilan birgalikda aqlli televizorlarning WiFi tizimida nosozliklar kuzatiladi.
Iste’molchilar ertasi kuniyoq televizorlarni Uchko‘prik tumanidagi savdo do‘koniga qaytarib olib borib, sotuvchiga televizorlardagi antiqa nosozliklarni aytib, ularni boshqa maqbul sifatdagisiga almashtirib berilishini, bo‘lmasa pullarini qaytarilishini so‘raydilar. Lekin sotuvchi pullarni kirim qilib qo‘yganini aytib, iste’molchilarning qonuniy talablarini bajarmaydi. Shundan so‘ng ular ushbu masalada amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab tuman jamiyatiga murojaat qiladilar.
Tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan murojaat joyiga borib o‘rganilganda xarid qilingan Smart televizorlarda haqiqatdan ham murojaatda keltirilgan nuqsonlar mavjudligi kuzatilib, iste’molchilarning vajlari to‘g‘riligi ma’lum bo‘ldi. Shundan so‘ng sotuvchi huzuriga tashrif buyurilib, unga “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonun talablari tushuntirildi hamda shu kunni o‘zida iste’molchilarning pullari qaytarib olib berilishiga erishildi.
Shavkatjon Saidov
Yozyovon tuman IHHQ jamiyati bosh mutaxassisi
(illyustrativ foto)
Отправить комментарий