Olib borilayotgan hamkorlik va ijtimoiy sheriklikka ijobiy baho berildi
Toshloq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tashabbusi bilan hududiy birlashma mas’ullari hamkorligida tumandagi 1-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi o‘qituvchilari ishtirokida tashkillangan targ‘ibot tadbiri «Yuksak iste’mol madaniyati sari» deb nomlandi.
Tadbirda mamlakatimizda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik asoslari, yurtimizdagi iste’molchilik ijtimoiy harakati tashkiloti bo‘lgan O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va uning hududiy organlari faoliyati, mazkur jamoat tashkiloti tomonidan iste’molchilarning huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ichki bozorda sotilayotgan iste’mol tovarlarining sifati, xavfsizligi va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik ijrosi ustidan jamoatchilik nazorati masalalarida axborotlar berib o‘tildi. Shuningdek, olib borilayotgan ishlarda Federatsiya a’zosining tutgan o‘rni va roli xususida fikr-mulohazalar va takliflar bildirildi.
Tadbirda ishtirok etgan ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi xodimlari ta’lim tizimi hamda Federatsiya va uning hududiy organlari o‘rtasidagi hamkorlik va ijtimoiy sheriklik aloqalariga ijobiy baho berilib, bu boradagi ishlarni tizimli asosda davom ettirib borilishi yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini va bu boradagi takliflarini bildirib o‘tdilar.
Shu kuni tumandagi 21-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘tkazilishi belgilangan tadbir bugungi kunda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolajonlarni koronavirus kasalligining turli ko‘rinishlaridan himoya qilish maqsadida ishlab chiqilgan talablardan kelib chiqqan holda videokonferensaloqa tarzida, Zoom platformasi vositasida o‘tkazildi.
Hududiy birlashma Axborot xizmati
Отправить комментарий