Kasb-hunar maktabi jamoasini iste’molchilik ijtimoiy harakatida faol ishtirok etishga chaqirildi
Quva tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati bilan hamkorlikda tumandagi Kasb-hunar maktabi jamoasi o‘rtasida «Iste’molchilar huquqlari qonun himoyasida» mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkillandi.
Tadbirda mamlakatimiz iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchigi mazmun-mohiyati, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va uning hududiy organlari faoliyati, iste’molchilarning huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ichki bozorda sotilayotgan iste’mol tovarlarining sifati, xavfsizligi va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik ijrosi ustidan jamoatchilik nazorati olib borish masalalarida axborotlar berib o‘tildi.
Kasb-hunar maktabi jamoasini mamlakatimiz iste’molchilik ijtimoiy harakati faoliyatida faol ishtirok etishga targ‘ib qilinib, ishtirokchilarning sohaga oid savollariga javoblar qaytarildi.
Hududiy birlashma Axborot xizmati
Отправить комментарий