Viloyatda turizm va sport yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi
«Turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikasiyalar masalalari kompleksi tizimiga kiruvchi tashkilotlarda korrupsiya holatlarini barvaqt aniqlash va oldini olish, ularning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz kurashish borasida Farg‘ona viloyat turizm va sport bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar» mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Anjumanni viloyat hokimi o‘rinbosari-turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i Xurshidjon Rustamovich Ahmedov ochdi va olib bordi.
Ta’kidlandiki, kompleksga kiruvchi tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish, korrupsiyaviy xabarlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida o‘qishlarni tashkil qilish, kontragentlarni tekshirish, ishga qabul qilinayotgan nomzodlarni tekshirish, korrupsiyaga qarshi tartib-taomillarning samaradorligini monitoring va nazorat qilish, korrupsiyaga qarshi kurash tizimining holati to‘g‘risidagi hisobotni shakllantirish va taqdim etish, korrupsiyaviy hatti-harakatlari va odob-axloq qoidalarini buzish holatlari ustidan xizmat tekshiruvlari o‘tkazish kabi yo‘riqnoma, reglament, nizom va uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqildi.
Ta’lim muassasalarida, musobaqa va tanlovlar o‘tkazish jarayonida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslikka alohida e’tibor qaratilayotgani, o‘tkazilayotgan musobaqalarda o‘zaro kelishib olishga yo‘l qo‘ymaslik, hakamlarning adolatli bo‘lishlari yoki seleksiya jarayonida sportchi va murabbiylar o‘rtasida tanish-bilishchilikni bartaraf etish, haqiqiy iqtidorli nomzodlarni tanlab olishga urg‘u berilayotgani bu borada olib borilayotgan ishlar jumlasidandir.
Shu o‘rinda raqamlarga qisqacha to‘xtalib o‘taylik:
Turizm yo‘nalishi bo‘yicha
O‘tgan 2021 yilda viloyatga 563,3 ming nafar sayyohlar tashrif buyurgan. Shularning 47 ming nafari xorijlik sayyohlardir.
Sport yo‘nalishi bo‘yicha
2021 yil davomida 19656 ta ommaviy sport tadbirlari o‘tkazilib, ushbu tadbirlar bilan aholining 1505385 nafari qamrab olingan. Viloyat 13 ta respublika chempionati, kubogi, turniri va o‘quv mashg‘uloti yig‘inlariga mezbonlik qilgan.
Milliy terma jamoa saflariga viloyat sportchilaridan 878 nafari jalb qilingan, bu esa Milliy terma jamoadagi jami sportchilardan viloyat sportchilari ulushi 7,3 foizni tashkil qilganligini ko‘rsatadi. Respublika miqyosidagi musobaqalarda ishtirok etgan viloyatimizning 5418 ta sportchilari jami 1985 ta (502 ta oltin, 623 ta kumush, 860 ta bronza) medallarini qo‘lga kiritganlar.
Madaniyat yo‘nalishi bo‘yicha
O‘tgan yil mobaynida viloyatdagi madaniyat va san’at muassasalari tomonidan 16656 ta turli mavzulardagi madaniy-ma’rifiy tadbirlar, uchrashuvlar, dam olish kechalari, konsertlar, festivallar, tomoshalar, bayram tadbirlari, ko‘rik-tanlovlar tashkil etilib, ularga jami 2600 ming nafardan ortiqroq aholi vakillari jalb qilingan.
Anjuman doirasida jurnalist va blogerlarni qiziqtirgan savollarga X.Ahmedov va soha mas’ullari tomonidan atroflicha javoblar qaytarildi.
Hududiy birlashma Axborot xizmati
Отправить комментарий