Rishton tuman jamiyati ish faoliyatidan

Rishton tuman jamiyati ish faoliyatidan

Rishton tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan Federatsiya Ustavi bilan belgilab berilgan vazifalar, Federatsiya markaziy apparati hamda hududiy birlashma topshiriqlari, shuningdek tuman jamiyati asosiy faoliyat yo‘nalishlari rejasi asosida tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Xususan, tuman jamiyati ish rejasiga asosan maktabgacha ta’lim muassasalarining joriy yil kuz qish mavsumida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlarni o‘rganish, shuningdek muassasa xodimlarining iste’molchilik sohasida duch kelayotgan muamolarini o‘rganish va hal qilish, aholi vakillariga huquqiy maslahatlar berish hamda fuqarolar murojatlari bilan ishlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar shular jumlasidandir.

O‘tkazilayotgan tadbirlar doirasida sohaga oid amaldagi qonunchilik asoslari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 28.01.2022 yildagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” mazmun-mohiyati, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa instutlarini jamiyat hayotida tutgan o‘rni va roli xususida ham tushuntirishlar berib borilmoqda.

Abror Sobirov
Jamiyat raisi, tuman Kengashi deputati

Отправить комментарий