«Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJda navbatdagi matbuot anjumani va press-tur o‘tkazildi

«Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJda navbatdagi matbuot anjumani va press-tur o‘tkazildi

Anjuman viloyatda elektr tarmoqlari hamda transformator punktlarini modernizasiya-rekonstruksiya qilish va yangilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar mavzusiga bag‘ishlandi.

Aksiyadorlik jamiyati rahbari yuqoridagi mavzuda hisobot berar ekan quyidagilarga to‘xtalib o‘tdi:

Iste’molchilarga sifatli elektr energiyasini yetkazib berish maqsadida, o‘tgan 2017-2021 yillar mobaynida 1041 ta mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 4 278,0 km uzunlikda elektr uzatish tarmoqlari tortilib, 1132 dona turli quvvatdagi transformator punktlari o‘rnatildi.

Shundan, 2021 yilda 332 dona turli quvvatdagi transformator punktlari o‘rnatilib, 1 228,0 km uzunlikda elektr uzatish tarmoqlari qurildi.

Buning natijasida viloyat bo‘yicha umumiy hisobda 320 ming aholi va 20 mingdan ziyod tadbirkorlik sub’ektlarining elektr ta’minoti yaxshilanishiga erishildi.

O‘tgan davrda 12 ta nimstansiyadagi mavjud 14 ta kuch transformatorlari rekonstruksiya-modernizasiya o‘tkazilgan.

2021 yilning may oyida O‘zbekiston tumanidagi “Yaypan” nimstansiyasidagi zo‘riqish bilan ishlab kelgan kuch transformatori yangi quvvati 40 ming kVA bo‘lgan transoformatoriga almashtirildi. Bu bilan O‘zbekiston va Furqat tumanlaridagi 30 mingdan ziyod aholi va 700 dan ortiq tadbirkorlik sub’ektlarini elektr ta’minotini yaxshilash bilan birga qo‘shimcha 20 ming kVt quvvat zaxirasi shakllantirilgan hamda kelajakdagi istiqbolli loyihalarning amalga oshirilishiga zamin yaratilgan.

Shuningdek, joriy yil tashkilot tomonidan tegishli qaror va dasturlar ijrosi yuzasidan 1 233,0 km uzunlikda elektr uzatish tarmoqlari yangidan qurilib, 331 dona turli quvvatdagi transformator punktlari o‘rnatilishi rejalashtirilmoqda.

“Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturlari doirasida 101,8 km elektr tarmoqlari yangidan qurilib, 76 dona turli quvvatdagi transformator punktlari o‘rnatilishi ko‘zda tutilmoqda.

Hisobotdan so‘ng matbuot anjumani ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi hamda ularning sohaga oid taklif va mulohazalari eshitildi.

Shu kuni OAV vakillari uchun Farg‘ona «Maydon Mahalla fuqarolar yig‘iniga press-tur ham tashkillanib, ishtirokchilarni transformator punktlarini modernizasiya-rekonstruksiya qilish borasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishtirildi.

Hududiy birlashma Axborot xizmati

Отправить комментарий