Ta’lim muassasalari xodimlari bilan muloqotlar o‘tkazilmoqda

Ta’lim muassasalari xodimlari bilan muloqotlar o‘tkazilmoqda

Furqat tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari sohaga oid amaldagi qonunchilik, Federatsiya Ustavi bilan belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tuman hududidagi ta’lim muassasalarida ishchi-xodimlar bilan yuzma-yuz muloqotlar o‘tkazib bormoqdalar.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan xodimlarning huquqiy savdoxonligi va iste’mol madaniyatini oshirish, ularning amaldagi qonunchilik va qonunosti me’yoriy hujjatlari mazmun-mohiyati hamda bu boradagi yangiliklar bilan tanishtirish, Federatsiya va uning hududiy organlari faoliyati bilan tanishtirish, ularning murojaatlari, amaldagi qonunchilik va tizim faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha takliflarini o‘rganishdan iborat.

Mazkur tadbirlar tizimli asosda tuman hududidagi ta’lim muassasalarida tizimli asosda davom ettiriladi.

Bekzod Ibragimov
Furqat tuman jamiyati raisi

Отправить комментарий