Tayanch guruhlari faollari bilan muloqotlar o‘tkazilmoqda
Dang‘ara tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ul xodimlari tuman hududidagi korxona, tashkilot, idora va muassasalarda tashkillangan tayanch guruhlari faollari bilan uchrashib, ular bilan iste’molchilik sohasiga oid masalalarda muloqot o‘tkazmoqdalar. Shunday muloqotlardan biri tuman Maktabgacha ta’lim bo‘limi mas’ullari ishtirokida tashkillandi.
Tashkillangan tadbirda tuman jamiyati mutaxassisi Raufjon Tuychiev mamlakatimiz iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchiligi asoslari, iste’molchilik ijtimoiy harakatini vujduga kelishi va bugungi kundagi faoliyati, xususan Federatsiya va uning hududiy tuzilmalari faoliyati xususida tadbir ishtirokchilariga axborotlar berib o‘tdi.
Tadbir doirasida ishtirokchilarni iste’molchilik ijtimoiy harakati, jamoatchilik nazorati tadbirlarida faol ishtirok etishga chaqirilib, sohaga oid savollariga javoblar qaytarildi hamda bu boradagi tegishli huquqiy maslahatlar berib o‘tildi.
Saidamir G‘ulomqodirov
Dang‘ara tuman jamiyati raisi
Отправить комментарий