Federatsiyaning navbatdan tashqari konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 17 fevral kuni O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining navbatdan tashqari konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Navbatdan tashqari Konfrensiya videokonferensaloqa tarzida o‘tkazildi.
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Kengashining 2022 yil 21 yanvardagi majlisi qaroriga asosan Federatsiyaning navbatdan tashqari konferensiyasini chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilingandi. Qaror ijrosini ta’minlash maqsadida dastlab joylarda tuman va shahar jamiyatlari tayanch guruhlari faollarining umumiy yig‘ilishlari, so‘ngra hududiy birlashmalarning navbatdan tashqari konferensiyalari o‘tkazildi.
Videokonferensaloqa tarzida o‘tkazilgan Konferensiya markaziy studiyasi (Toshkent shahri)da Federatsiya markaziy apparati mas’ullari va bir qator viloyat hududiy birlashma raislari, viloyat hududiy birlashmalariga tashkillangan studiyalaridan esa hududiy birlashmalarning navbatdan tashqari konferensiyalaridan saylangan vakillar ishtirok etdilar. Konferensiya ishida jami saylangan 70 nafar vakillarning 64 tasi qatnashdi.
Kun tartibida bitta asosiy masala O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining yangi tahrirdagi Ustavini tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqildi.
Konferensiya kun tartibiga qo‘yilgan masalani ko‘rib chiqdi hamda Federatsiyaning yangi tahrirdagi Ustavini tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Hududiy birlashma Axborot xizmati
Отправить комментарий