Sohaga oid qonunchilik targ‘iboti bo‘yicha tadbirlar davom etmoqda
Bag‘dod tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ul xodimlari ta’lim muassasalarida o‘tkazilayotgan targ‘ibot-tashviqot tadbirlari doirasida tumandagi Tuvadoq qishlog‘ida joylashgan 44-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari bilan ham uchrashdilar.
Uchrashuvda tashkilot xodimlariga iste’molchilarning huquqlarini himoya qilishga oid amaldagi qonunchilik asoslari, iste’molchilik ijtimoiy harakati, Federatsiya va uning quyi tuzilmalari faoliyati yuzasidan atroflicha tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, mazkur tashkilotlar xodimlarini qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarilib, ularga huquqiy maslahatlar berildi hamda iste’molchilik sohasiga oid muammolarga duch kelinganda Federatsiya va uning hududiy tuzilmalariga murojaat qilish tartiblari tushuntirildi.
Dilorom Mirzayeva
Bag‘dod tumani IHHQ jamiyati mutaxassisi
Отправить комментарий