«Eng yaxshi kitobxon» bir boqichli tanlovining g‘olib va sovrindorlari aniqlandi

«Eng yaxshi kitobxon» bir boqichli tanlovining g‘olib va sovrindorlari aniqlandi

15-mart «Butunjaxon iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuni» munosabati bilan joriy yilning Beshariq tumanida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tashkilotchiligi va homiyligi ostida «Eng yaxshi kitobxon» bir bosqichli ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

O‘z oldiga tumandagi umumta’lim maktablari o‘quvchilari va uyushmagan yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish kitobga mehr qo‘ygan yoshlar qiziqishlarini rag‘batlantirish kabi maqsadlarni qo‘ygan ushbu tanlovning Rapqon qishlog‘i hududida joylashgan Ma’naviyat va ma’rifat markazida o‘tkazilishi ham alohida mazmun kasb etdi.

Bir bosqichli tanlovning yakuniy bosqichida hududdagi umumta’lim maktablari g‘oliblaridan 10 nafari ishtirok etdi. Xay’at a’zolarining qarori bilan g‘olib deb topilgan g‘olib va faol ishtirokchilar tanlovning tuman jamiyatining faxriy yorliqlari va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Tuman hududidagi kutubxona tashkilotlari ma’sullari takliflari asosida bunday tanlovlarni tizimli asosda boshqa hududlarda ham o‘tkazishga kelishib qolindi.

Baxtiyor Juraev
Beshariq tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий