Furqatda «Butunjahon iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuni» munosib nishonlandi
Federatsiya va uning hududiy organlari tomonidan 15 mart «Butunjahon iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuni»ga bag‘ishlab har yili turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazib kelinadi. Ushbu sana munosabati bilan Furqat tumanida ham bir qator tadbirlar o‘tkazildi.
Jumladan, tumandagi 34-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi hamda Furqat kasb-hunar maktabi o‘quvchilari o‘rtasida yoshlarning iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik asoslaridan xabardorligini o‘rganish bo‘yicha test sinovlari o‘tkazildi.
Test sinovlarini o‘tkazish barobarida o‘quvchilarga sohaga oid yangiliklar, xususan tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati faoliyati xususida ham ma’lumotlar berib o‘tildi.
Tumandagi 20-umumta’lim maktabida esa bir kator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda hududdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumta’lim maktablari va tibbiyot tizimida mehnat faoliyati olib borayotgan ayollar o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha musobaqa tashkillandi. Sport tadbiri yakunida faol ishtirokchilar tashkilotchilarning esdalik sovgalari bilan taqdirlandilar.
Bekzod Ibragimov
Furqat tuman jamiyati raisi
Отправить комментарий