Navbatdagi brifing Uchko‘prik tumanida bo‘lib o‘tdi

Navbatdagi brifing Uchko‘prik tumanida bo‘lib o‘tdi

Navbatdagi brifing Uchko‘prik tumanida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati raisi Lazizjon Shodmonov ishtirokida o‘tkazildi. Unda tuman jamoatchiligi vakillari ishtirok etdilar.

Dastlab L.Shodmonov “Uko‘prik tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan 2021 yilda va joriy yilning o‘tgan davrida amalga oshirilgan ishlar” xususida yig‘ilganlarga ma’lumotlar berib o‘tdi. Bundan tashqari, yig‘ilganlarni mamlakatimizda iste’molchilik ijtimoiy harakati, Federatsiya va uning hududiy ijro etuvchi organlari faoliyati bilan ham qisqacha tanishtirib o‘tildi.

Tadbirning ikkinchi qismida L.Shodmonov va tuman jamiyati mutaxassislar ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytardilar.

Nargizaxon Sheraliyeva
Uchko‘prik tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий