Hamkor tashkilotlar xodimlari ishtirokida brifing tashkillandi
Farg‘ona tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ullari ishtirokida tashkillangan brifingda tuman hududidagi ayrim korxona, tashkilot va muassasa xodimlari, shuningdek Federatsiya faollari ishtirok etdilar.
Tadbirda tuman jamiyati bosh mutaxassisi J.Nishonboev tomonidan Farg‘ona tuman jamiyatining iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, ularning huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish, ichki bozorda sotilayotgan iste’mol tovarlarining sifati va xavfsizligini ta’minlash, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablari ijrosi ustidan olib borilayotgan jamoatchilik nazorati tadbirlari yuzasidan axborotlar berib o‘tdi.
Shuningdek, tadbir doirasida Federatsiya va uning hududiy ijro etuvchi apparatlari tomonidan joylarda olib borilayotgan ishlar, Federatsiya tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan loyihalar bo‘yicha ham ma’lumotlar berib o‘tilib, tadbir ishitrokchilarining savollariga javoblar qaytarildi.
Odiljon Junaydullayev
Farg‘ona tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Отправить комментарий