Hududiy birlashma raisi Ahrorjon Raxmonaliyevning bayram tabrigi
Hurmatli yurtdoshlar!
Ona diyorimizga Navro‘zi olam kirib kelmoqda.
Navro‘z bayrami yasharish va yangilanish bayramidir. U o‘zida ming bir tarixni mujassam etgan, insonlarni mehr-muruvvatga, diyonatga boshlagan, adolat va insoniylik tamoyilini namoyish etgan qutlug‘ ayyomdir.
Barchangizni ushbu ayyom bilan tabriklab, o‘zimning qalbimdagi eng samimiy tilaklarimni izhor etaman. Navro‘zi olam yurtimizga tinchlik-omonlik, baxtu saodat, qut-baraka olib kelsin. Barchamizning ezgu orzu-niyatlarimiz ushalsin!
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Отправить комментарий