Marg‘ilon shahar jamiyati raisi ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi

Marg‘ilon shahar jamiyati raisi ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi

Marg‘ilon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati raisi Abdusattor No‘monov va jamiyat mutaxassislari jamoatchilik vakillari ishtirokida brifing tashkilladilar. Brifingda shahardagi turli tashkilotlarda mehnat faoliyati olib borayotgan jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Brifingda so‘z olgan A.No‘monov iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, ularning huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish borasida shahar jamiyati tomonidan olib borilayotgan ishlar xususida axborot berib o‘tdi. Shuningdek, u bu borada Federatsiya va uning hududiy ijro etuvchi organlari faoliyatiga ham to‘xtalib, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, ularning huquqiy ongi va iste’mol madaniyatini oshirish borasidagi loyihalar, Federatsiyaning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi hamda xalqaro maydondagi faoliyati to‘g‘risida ham ma’lumotlar berib o‘tdi.

Tadbir davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar ham qaytarib borildi.

Saidxon Xapizov
Marg‘ilon shahar IHHQ jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий