Tuman jamiyati mas’ullari ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi

Tuman jamiyati mas’ullari ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi

Dang‘ara tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ullari tomonidan jamoatchilik vakillari ishtirokida brifing o‘tkazildi. Brifingda tumandagi turli tashkilotlarda mehnat faoliyati olib borayotgan jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Unda so‘z olgan tuman jamiyati bosh mutaxassisi R.Tuychiev yig‘ilganlarni o‘tgan 2021 yilda hamda joriy yilning o‘tgan davri mobaynida tumanda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, ularning huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish borasida olib borilgan ishlar bilan tanishtirib o‘tdi.

Brifing doirasida mamlakatimizda iste’molchilik ijtimoiy harakati, xususan mazkur harakat vakili hisoblangan O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va uning hududiy ijro etuvchi organlari apparatlari faoliyati, Federatsiya tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan loyihalar xususida ham ma’lumotlar berib o‘tilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.

Shamsiddin Bo‘stonov
Dang‘ara tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Отправить комментарий